DeepSeek Harness Remote
DeepSeek Harness Remote 可將手機或另一台電腦與你運行 DeepSeek Harness 的電腦安全連接,隨時隨地繼續你的工作,方便隨時查看進度並繼續工作。
AI 翻譯
尚未偵測到更新。GitHub 發布版本後會顯示在這裡。
個人 GitHub 帳號下公開儲存庫的擁有者可以登入並驗證所有權,自行管理介紹,無需管理員核准。
登入並產生驗證檔案,在 30 分鐘內將其提交至此儲存庫的預設分支。其他分支或分叉儲存庫中的檔案無效。然後在下方檢查檔案,即可無需管理員核准直接管理專案。請保留檔案以維持管理權限。
如需登入,將前往登入頁面。登入後請回到此處,再次點擊所選的驗證按鈕。
在專案資料夾中執行 /nomorevibe verify,即可驗證所有權並自行管理介紹。
一分鐘完成驗證Fazo Task — dizaynerlar va kontent jamoasi uchun vazifa boshqaruvi
翻譯準備中
取自儲存庫 README
正在載入完整 README。
檢視完整 README ↗Dizayn jamoasi uchun o‘zbekcha vazifa paneli. Har bir rolning o‘z paneli bor. Dizayn asosi: mankiw-chapters.
| Rol | Panel | Nima qiladi |
|---|---|---|
| Administrator | Jamoa · Statistika | Project manager va dizaynerlarni qo‘shadi, tahrirlaydi, o‘chiradi, parolini tiklaydi. Statistikani kuzatadi. Vazifalarga aralashmaydi. |
| Project manager | Vazifalar · Dizaynerlar | Vazifa qo‘yadi, tahrirlaydi, bekor qiladi yoki qayta ochadi, ochiq ro‘yxatga qaytaradi, o‘chiradi. |
| Dizayner | Mening vazifalarim · Ochiq vazifalar | Ochiq vazifani o‘zi oladi, ishni PMga ko‘rsatadi va «Tugatdim» deb belgilaydi. |
Login berilgandan to hodim ro‘yxatdan o‘tguncha o‘sha loginni bilgan istalgan odam parol o‘rnatib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun loginni hodimning o‘ziga bering. Kim hali ro‘yxatdan o‘tmaganini jamoa sahifasida ko‘rasiz.
Ochiq → Jarayonda → Bajarildi (PM xohlasa istalgan bosqichda Bekor qilingan)
Keyinroq «yuklash majburiy» tartibiga o‘tish. src/lib/workflow.ts dagi REVIEW_STEP ni true qiling. Shunda oqim Ochiq → Jarayonda → Tekshiruvda → Bajarildi bo‘ladi: dizayner rasmlarni yuklab topshiradi, PM qabul qiladi yoki sabab yozib qaytaradi. Kod tayyor, faqat o‘chirib qo‘yilgan.
/login ga kirsa, darhol o‘z paneliga o‘tadi.Har bir rolda «Statistika» bo‘limi bor; davr — 7 kun, 30 kun yoki hammasi (grafikda so‘nggi 90 kun):
Yangi hodim qo‘shilsa, u jadvallarda avtomatik paydo bo‘ladi. Bekor qilingan vazifalar statistikaga kirmaydi.
Har panelda «Salom, …» sarlavhasi ostida jumla klaviaturada yozilayotgandek chiqadi: inson kabi to‘xtab-to‘xtab yoziladi, 5–6 soniya turadi, o‘chiriladi va yangisi yoziladi. Har rolga 100 tadan jumla (src/components/quotes.ts) bor, ular holatga qarab tanlanadi: dizaynerning qo‘li bo‘shmi yoki ish ko‘pmi, bugun ko‘p dizayn tayyor bo‘ldimi, muddati o‘tgan ish bormi. Harakat kamaytirilgan rejimda jumlalar animatsiyasiz almashadi.
src/lib/types.ts dagi Role turiga yangi rolni qo‘shing.src/lib/roles.ts da roleInfo va memberRoles ga qo‘shing.src/components/workspace.tsx dagi panels ga uning panelini ulang.requireUser(...) ruxsatlarini kengaytiring.Ma’lumotlar bazasidagi rol va holat ustunlarida cheklov yo‘q, shuning uchun jadvallarni qayta qurish shart emas.
Node.js 22+ talab qilinadi.
npm ci
cp .env.example .env.local
npm run dev
Ochish: http://127.0.0.1:3000. Birinchi kirish: admin / admin. Kirgach, hisob menyusidan parolni almashtiring.
npm run typecheck
npm run build
npm run test:integration
Batafsil: docs/TESTING.md.
Next.js App Router, React, TypeScript, Lucide ikonkalari, Turso/libSQL. Mahalliy rivojlantirishda SQLite (fazo.db), Vercel’da esa masofaviy Turso (TURSO_DATABASE_URL, TURSO_AUTH_TOKEN) ishlatiladi.
Server funksiyalari Mumbayda (bom1, vercel.json) ishlaydi — Turso bazasi bilan bir mintaqada (aws-ap-south-1). Baza boshqa mintaqaga ko‘chirilsa, regions ham unga mos o‘zgartirilishi kerak: har bir baza so‘rovi server va baza orasidagi masofani bosib o‘tadi.
Jadvallar:
members — hisoblar;member_sessions — kirish sessiyalari;assignments — vazifalar;attachments — fayllar (bazada, har biri 4 MB gacha);assignment_events — vazifa tarixi.Avvalgi versiyalardan qolgan users, tasks, employees, team_tasks va boshqa jadvallarga tegilmaydi. Ulardan faqat administrator hisobi bir marta members ga ko‘chiriladi.
Fayllarga kirish huquqi:
Parollar scrypt bilan xeshlanadi. Sessiyalar HttpOnly cookie orqali ishlaydi. Rol o‘zgarsa, parol tiklansa yoki hodim o‘chirilsa, uning sessiyalari bekor qilinadi.
docs/DESIGN.md — manba, tokenlar va interfeys tamoyillari.